O‘zbekiston | 14:29 / 18.11.2020
38272
1 daqiqa o‘qiladi

Majburiy ijro byurosiga yangi direktor tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidentining 2020 yil 17 noyabrdagi qaroriga asosan Hasan Murodovich Kabirjonov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ish boshladi.

Hasan Kabirjonov bunga qadar Majburiy ijro byurosi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Avvalroq, Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlab kelgan Botir Qudratxo‘jayev Xorazm viloyati prokurori etib tayinlangandi.

Mavzuga oid