Iqtisodiyot | 21:49 / 19.11.2020
6280
1 daqiqa o‘qiladi

Yevro 7 yil ichida birinchi marta xalqaro to‘lovlarda dollarni ortda qoldirdi 

Yevro 2013 yil fevralidan beri birinchi marta xalqaro to‘lovlardagi ulush bo‘yicha dollarni ortda qoldirib, 1-o‘ringa chiqdi. Bunday ma'lumotlar SWIFT to‘lov tizimining har oylik hisobotida keltirgan. 

Foto: Kerem Uzel / Bloomberg

2020 yil oktyabrida ushbu tizim orqali amalga oshiriluvchi pul o‘tkazmalarining 37,8 foizi yevrovalutada amalga oshirilgan.       

Oktyabrda dollarning xalqaro to‘lovlardagi ulushi esa 37,64 foizni tashkil qilgan. 3-o‘rinni Britaniya funt sterlingi ancha farq - 6,92 foizlik ulush bilan egallagan.    

Dollardan foydalanish hajmi 2019 yil oxiridan beri 4,6 foizga kamaygan. AQSh valutasining xalqaro to‘lovlardagi eng yuqori ulushi 2015 yil apreliga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda xalqaro to‘lovlarning 45,3 foizi dollarda amalga oshirilgan.

Dollar SWIFT orqali amalga oshiriluvchi to‘lovlarda yetakchilikni boy bergan bo‘lsa-da, zaxira valutasi va global savdo hisob-kitoblari vositasi sifatida yetakchi pozitsiyalarni saqlab qolmoqda. Jumladan, Forex global bozoridagi barcha tranzaksiyalarning 85 foizga yaqini dollarda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, dunyodagi barcha savdo hisob-fakturalarining yarmi dollarda taqdim etiladi. 

Mavzuga oid