O‘zbekiston | 15:38 / 25.11.2020
32661
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident maslahatchisi Tursinxon Xudoyberganovga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Baxtiyor Jahongirovich Islomov O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Baxtiyor Islomov Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 24 noyabr kuni imzolangan farmonga binoan, Baxtiyor Jahongirovich Islomov O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Islomov shu paytga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan. U 2018 yil 26 avgustdan buyon O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab, ayni paytda Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimiga o‘tkazilgan Ulug‘bek Muhammadiyev o‘rnida ish boshlaydi.

Endilikda Baxtiyor Islomov 2017 yilning yanvarida prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangan Tursinxon Xudoyberganovning birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshlashi kutilmoqda. 

Mavzuga oid