“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rasmiy munosabati: “Trailblazer zaruriy ehtiyoj uchun xarid qilingan”
Kecha ijtimoiy tarmoqlar hamda kun.uz axborot sayti orqali “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy yilning may oyida 398 mln so‘mga TRAILBLAZER LTZ AT avtomobili xarid qilingani to‘g‘risida xabar joylashtirildi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bu mavzu yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.
“Mazkur xabarga oydinlik kiritish maqsadida,“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ quyidagilarni ma'lum qiladi. Exarid.uz portali ma'lumotlariga tayanib berilgan xabar to‘g‘ri bo‘lib, haqiqatda hozirgi kunda Jamiyat avtoparkida TRAILBLAZER LTZ AT avtomashinasi mavjud.
Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, mazkur avtomashina uzoq masofaga hamda tog‘li sharoitlarga xizmat safarlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Jamiyatning shunday turdagi mashinaga ehtiyoji tufayli mahalliy ishlab chiqaruvchi mahsuloti shartnoma asosida xarid qilingan.
Ma'lumki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 252,2 ming km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari orqali O‘zbekiston Respublikasining maishiy va yuridik iste'molchilariga elektr energiyasini yetkazib beradi. Ana shu elektr tarmoqlarining ayrim qismi noqulay tog‘ sharoitlari hamda oddiy yengil avtomashina yetib borishi qiyin hududlar yoxud talafot zonalarida (“Sardoba” suv ombori yemirilishi tufayli sodir bo‘lgan kabi) joylashgani sabab, bu yerda olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari bilan yaqindan tanishish va zarur hollarda operativ choralar ko‘rish uchun tezkor yetib borish ehtiyoji mavjudligi sabab Boshqaruv kengashi qaroriga asosan xarid qilingandir”, – deyiladi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati tarqatgan munosabatda.
Mavzuga oid
15:49 / 21.12.2024
“Hududiy elektr tarmoqlari”ga yangi rais tayinlandi
22:42 / 17.09.2024
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi
15:21 / 20.08.2024
O‘zbekistonda hududiy elektr tarmoqlari boshqaruvini xususiy sektorga berish boshlanadi
20:26 / 07.08.2024