MIB: taqiqlangan hamda yaroqlilik muddati o‘tgan 1,5 mlrd so‘m miqdoridagi tovar moddiy boyliklar yo‘q qilindi
MIB Toshkent shahar boshqarmasi ish yurituvida bo‘lgan, sudlar tomonidan taqdim qilingan, Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning tegishli bandlariga asosan, nomuvofiq va yaroqsiz deb topilgan tovar moddiy boyliklarini yo‘q qilish bo‘yicha navbatdagi tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiq tamaki mahsulotlari, 250 mln so‘mlik tibbiyot buyumlari, respublika hududiga olib kirilishi taqiqlangan 120 mln so‘mlik dori vositalari, yaroqlilik muddati o‘tgan 98 mln so‘mlik parfyumeriya mahsulotlari jami 50 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 1 mlrd 486 mln 510 ming so‘mlik tovar moddiy boyliklari va jinoyat ish materiallari bo‘yicha daliliy ashyolar taqdim etildi.
Tadbirda, Bojxona qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi, Chilonzor tuman sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi va Toshkent shahar atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi vakillari ishtirok etishdi.
Shu kuni, tomonlar ishtirokida respublika hududiga olib kirilishi ta'qiqlangan hamda yaroqlilik muddati o‘tgan, umumiy qiymati deyarli 1,5 mlrd so‘mlik tovar moddiy boyliklar belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
Mavzuga oid
08:00 / 05.12.2024
321 mln so‘mni talon-toroj qilgan MIB xodimi ushlandi
13:29 / 30.11.2024
MIB Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi bilan hamkorlik qiladi
18:40 / 09.11.2024
MIBning Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi
07:37 / 08.11.2024