O‘zbekiston | 19:47 / 30.11.2020
6970
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekneftgaz» raisi: «Bu yil qazib olingan gaz hajmi o‘tgan yildagidan ko‘p bo‘lishi rejalashtirilgan»

«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi haqidagi savolga javob berdi.

«2018 yilda gaz qazib olish hajmi 35 mlrd 400 mln kub metr bo‘lgan, 2019 yilga kelib 33 mlrd 500 mln kub metrni tashkil etgan. Shuning o‘zidan ham ko‘rish mumkinki, 2 mlrd kub metrga yaqin pasayish kuzatilgan.

Bu yil 33,6 mlrd kub metr rejalashtiryapmiz. Bu minimal reja, bu oshishi ham mumkin. O‘tgan yilgiga nisbatan 100 mln kubga oshirishni rejalashtiryapmiz.  

Tabiiy tushish bir yilda o‘rtacha 4,5 mlrd kub metrni tashkil etadi. Tabiiy tushishlarning sabablari juda ko‘p. Konlarimizda zaxiralarimiz bor, lekin ular uzoqroq, infratuzilma yo‘q. Shuning uchun bu yil 33,6 mlrd kub metr mo‘ljallayotgan bo‘lsak, keyingi yilga 33,9-34 mlrd kub metrga yetkazishni rejalashtiryapmiz. Ya’ni tabiiy tushishni to‘xtatish, tabiiy tushish 4,5 mlrd kub metr bo‘lsa, 5 mlrd kub qazib chiqarishni ko‘paytirishimiz kerak», – dedi Mehriddin Abdullayev «Neft-gaz kimyo sanoatidagi istiqbolli loyihalar va mas’ullar oldiga qo‘yilgan dolzarb vazifalar» mavzusidagi matbuot anjumanida.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid