Sport | 22:14 / 10.12.2020
16779
1 daqiqa o‘qiladi

Grizmann uyg‘urlarni ta'qib qilishda ayblangan Huawei bilan kelishuvni bekor qildi

«Barselona» hujumchisi Antuan Grizmann gadjetlar ishlab chiqaradigan Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan shartnomasini bekor qilganini e'lon qildi. U bu haqda instagramdagi sahifasida ma'lum qilgan.

Foto: Pedro Salado/Quality Sport Images/Getty Images

Huawei kompaniyasi uyg‘urlarni o‘z fabrikalarida majburiy mehnat asosida ishlatganlikda ayblangach, fransiyalik futbolchi Xitoy kompaniyasi bilan imzolangan shartnomasini bekor qilishga qaror qildi. Shuningdek, Huawei uyg‘urlarni ta'qib etish va ular haqidagi josuslik ma'lumotlarni Xitoy hukumatiga yetkazib berganlikda ayblanmoqda. 

Australian Strategic Policy Institute (ASPI) tadqiqot institutining 2020 yilning mart oyida e'lon qilgan hisobotlariga ko‘ra, Xitoy hukumati eng kamida 80 ming nafar uyg‘urlarni Huawei, Apple, BMW, Nike, Samsung, Sony va Volkswagen singari xalqaro kompaniyalarning 83ta fabrikasida majburiy tarzda ishlatib kelgani ma'lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Arsenal» yarimhimoyachisi Mesut O‘zil Xitoy hukumatini Sharqiy Turkistonning tub aholisi sanalmish uyg‘urlarga nisbatan qiynoqqa solish siyosati va ularning diniy hamda madaniy huquqlarini cheklashda ayblagandi.

Mavzuga oid