O‘zbekiston diniy erkinlik bo‘yicha AQSh «qora ro‘yxati»ga qanday qilib kirib qolgan edi?
Ikki yil oldin AQSh O‘zbekistonni diniy erkinlik bo‘yicha vaziyat «alohida xavotirli» davlatlar ro‘yxatidan, kuni kecha esa «maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati»dan chiqardi.
Boshqacha qilib aytganda, O‘zbekiston 2005 yildan 2018 yilga qadar AQShning diniy erkinlik bo‘yicha «qora ro‘yxati»da, 2018–2020 yillarda esa «kulrang ro‘yxati»da turgan edi.
Umuman, O‘zbekistonning bu ro‘yxatga kiritilishiga nima sabab bo‘lgan? Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov 10 dekabrdagi matbuot anjumanida ushbu savolga javob qaytardi.
«O‘zbekiston 2006 yildan boshlab bu ro‘yxatga kiritilgan. 2006 yil nega bu ro‘yxatga tushganimizni hammamiz yaxshi bilamiz. Buning sabablari bo‘lgan. (Qo‘mita vakili bu o‘rinda 2005 yil Andijonda sodir bo‘lgan voqealarni nazarda tutgan bo‘lishi mumkin – tahr).
Shu vaqtdan buyon O‘zbekistonga nisbatan boshqacha bir tasavvurda bo‘lib kelingan. O‘zbekiston o‘shanda ham masjidlar yoki boshqa diniy tashkilotlarni ochish yoki ro‘yxatga olish borasida taqiq qo‘ymagan. Talabga ko‘ra, muayyan ishlarni amalga oshirgan, faqat talablar va cheklovlar ko‘proq bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Lekin so‘nggi 4 yil ichida bevosita ro‘yxatga olish bo‘yicha yengilliklar bo‘lgani yoki ayrim cheklovlar butunlay olib tashlangani xalqaro hamjamiyat tomonidan ham e'tirof etildi», – dedi Muzaffar Komilov.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil aprelida, Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha AQSh Komissiyasi (USCIRF) O‘zbekiston bu borada erishgan natijalarni e'tirof etib, mamlakat «maxsus kuzatuv ro‘yxati»dan chiqishi uchun qonunchilikni xalqaro talablarga muvofiqlashtirish lozimligini bildirgan edi.
«Asosiy muammo – 1998 yilda qabul qilingan qonun. U diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olishni cheklaydi va qiyinlashtiradi. Komissiyamiz mana shu qonunni o‘zgartirib, O‘zbekistonda huquqiy islohotlarni jadallashtirishga chaqiradi», – degandi komissiya raisi o‘rinbosari Nadin Mayenza.
Ayni paytda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Avgust oyida qonunning yangi tahriri loyihasi e'lon qilindi. Sentyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtiriladi, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning diniy tashkilot faoliyatini to‘xtatib qo‘yish huquqi bekor qilinadi. Shu bilan birga, amaldagi qonunning 14-moddasidagi, fuqarolarning (diniy tashkilotlar xizmatchilaridan tashqari) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi band chiqarib tashlanmoqda.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024