O‘zbekiston | 17:31 / 10.12.2020
6810
6 daqiqa o‘qiladi

Urganch shahar hokimi yil yakunlari bo‘yicha hisobot berdi va aholiga murojaat qildi

Urganch shahar hokimi Shuhrat Abdullayev 2020 yil ijtimoiy-iqtisodiy yakunlari va 2021 yil uchun belgilangan ustuvor yo‘nalishlar to‘g‘risida xalq deputatlari, mahalla raislari va OAV xodimlariga hisobot berdi.

Foto: Urganch shahar hokimligi axborot xizmati

Shuningdek, hokim shahar ahliga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Shuhrat Abdullayev bergan ma'lumotga ko‘ra, 2020 yil uchun budjet daromadlariga 377,3 mlrd so‘m yillik reja belgilanib, 1 dekabr holatiga belgilangan yillik reja 97,0 foizni (tushum 365,7 mlrd so‘m) tashkil qilmoqda.

«11 oylik budjetga 345,7 mlrd so‘m tushumlar rejasi belgilangan bo‘lib, 365,7 mlrd so‘mga yoki 106,0 foizga bajarildi. 11 oylik ortiqcha ta'minlangan summa 19,9 mlrd so‘mni tashkil qildi.

2020-2022 yillarga mo‘ljallangan umumiy qiymati 22,8 trln so‘m bo‘lgan 4322 ta istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati shakllantirilgan. Ro‘yxatga asosan, Urganch shahridan umumiy qiymati 1,7 trln so‘m bo‘lgan 215 ta loyihalar kiritildi va 4665 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilab olindi. Amalda 2020 yil yanvar-noyabr oylarida xududda 11 ta loyihada 8,5 mln dollar miqdorida xorijiy investitsiya va xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.

Shaharda 1 noyabr holatiga ro‘yxatga olingan kichik biznes sub'yektlarining soni 4523 tani, shundan faoliyat ko‘rsatayotganlari 3977 tani tashkil qiladi. Ularning jami ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes sub'yektlaridagi ulushi 87,9 foizni tashkil etmoqda. 3977 ta kichik biznes sub'yektlarining 701 tasi sanoat sohasida, 454 tasi qurilish sohasida, 1437 tasi xizmat ko‘rsatish sohasida, 1317 tasi savdo sohasida, 68 tasi qishloq va o‘rmon xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritadi.

2020 yil yanvar–oktabr oylari davomida yangidan 649 ta kichik biznes sub'yektlari tashkil etildi. Ularning 142 tasi sanoat sohasida, 49 tasi qurilish sohasida, 192 tasi xizmat ko‘rsatish sohasida, 245 tasi savdo sohasida, 21 tasi qishloq va o‘rmon xo‘jaligi sohasida tashkil qilindi.

«Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida 656 ta sub'yektga 20,5 mlrd so‘m (742 ta ish o‘rni), «Hunarmandlikni rivojlantirish» dasturi doirasida 70 ta sub'yektga 2,3 mlrd so‘m (133 ta ish o‘rni), viloyat hokimligi huzuridagi jamg‘arma xisobidan 11 ta sub'yektga 0,3 mlrd so‘m (11 ta ish o‘rni), Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan 1 ta sub'yektga 0,02 mlrd so‘m (1 ta ish o‘rni), Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab quvvatlash dasturi doirasida 6 ta sub'yektga 0,2 mlrd so‘m (6 ta ish o‘rni) va «Yoshlar kelajagimiz» dasturi doirasida 16 ta sub'yektga 4,0 mlrd so‘m (66 ta ish o‘rni) imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

Urganch shahrida 1715 nafar fuqaroni o‘zini-o‘zi band qilish rejalashtirilgan bo‘lib, 23 noyabr holatiga yashash manzili bo‘yicha 2086 nafar fuqaro (121,6 foiz) va faoliyat manzili bo‘yicha 2236 nafar (130,4 foiz) fuqaro hisobga olinib, o‘zini-o‘zi band qildi. Ularning 455 nafari ijtimoiy yo‘nalishlarda, 274 nafari sanoatda, 103 nafari qishloq xo‘jaligida, 65 nafari axborot-kommunikatsiya, 899 nafari maishiy xizmatlar, 440 nafari xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish yo‘nalishi bo‘yicha faoliyatini rasmiylashtirdi.

2020 yil 1 dekabr holatiga Urganch shahrida 18,78 mln AQSh dollari miqdorida eksport amalga oshirilgan bo‘lib, bu 2019 yilga nisbatan 204 foizni tashkil qiladi. Mahsulotlar asosan Rossiya, Turkiya, Ukraina, Xitoy, Afg‘oniston, Tojikiston, Qozog‘iston, Belarus, Turkmaniston va Qirg‘izistonga eksport qilindi.

Yakuniga yetayotgan yilda «Obod mahalla» dasturiga muvofiq, obodonlashtirish ishlari doirasida 148 dona yoritish jihozlari o‘rnatildi, 23,0 km ichki avtomobil yo‘llari ta'mirlandi.

1 noyabr holatiga, 1531 ta kambag‘al oilada 6454 nafar kishi yashamoqda. Ularning 344 nafari mehnatga layoqatli ishsizlar hisoblanadi. Kambag‘al oilalardagi ishsizlardan 1001 nafarining bandligi ta'minlandi. Natijada 371 ta oilaning (a'zolari soni 1917 nafar, bandligi ta'minlanganlari 240 nafar) doimiy daromad manbayi shakllanib, o‘z arizalariga ko‘ra Xalq deputatlari kengashi qarori bilan «Temir daftar»dan chiqarildi.

Shahardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati natijasida 5,1 mlrd so‘mlik oziq-ovqat (16 xil turdagi), pul mablag‘lari va boshqa zarur mahsulotlar tarqatilishi ta'minlandi», – dedi Urganch shahar hokimi.

Shuhrat Abdullayev o‘z murojaatini prezident Shavkat Mirziyoyevdan iqtibos keltirish bilan yakunladi:

«Xalqimiz hayotini yanada obod va farovon qilish, yurtimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat'iy nazar, har bir insonga e'tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish – davlatimiz va jamiyatimizning bosh vazifasidir. Mana shunday ezgu va sharafli maqsad yo‘lida keksa-yu yosh barcha vatandoshlarimiz bir tan-u bir jon bo‘lib harakat qiladilar, yangi O‘zbekiston bunyodkori bo‘lib maydonga chiqishlariga ishonaman», degan so‘zlari har birimizning faoliyatimizda bosh mezon bo‘lib xizmat qiladi».

Mavzuga oid