Xorazmdagi davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan sport maydonlari o‘rganildi – Sport vazirligi
Joriy yilda Urganch shahridagi mavjud 29 ta umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 12 tasida zamonaviy sport maydonchalari qurilib, foydalanishga topshirildi.
Shu kunlarda Xorazm viloyatida bo‘lib qaytgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Urganch shahridagi umumta'lim maktablarida davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan sun'iy qoplamali sport maydonchalarining holati, ularda o‘quvchi yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi hamda bu borada alohida e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar borasida o‘z tavsiyalarini berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimovga safar davomida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev hamrohlik qildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati
Mavzuga oid
16:37 / 23.12.2024
Sport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
19:05 / 20.01.2024
Yoshlar siyosati va sport vazirligi ikkiga ajratildi
20:04 / 22.05.2021
Sport vazirligi BO‘SM direktorlarini yoppasiga ishdan bo‘shatmoqchi. Bu qonunga zid
17:20 / 22.01.2021