Endi ESPORTS Uzbekistan a'zolari 24/7 rejimida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi – Sport vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2020 yil 6 yanvardagi topshirig‘iga muvofiq, hududlarda yoshlarning axborot texnologiyalari va internetdan unumli foydalanishga bo‘lgan qiziqishi va ko‘nikmasini oshirish maqsadida kibersport markazlarini tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berilgan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 noyabrdagi «Andijon viloyatida aholi, shu jumladan yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internet jahon axborot tarmog‘idan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 921-sonli qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, Andijon viloyati misolida joylarda kompyuter industriyasi va sportini rivojlantirish bo‘yicha tegishli vazifalarni amalga oshirish belgilangan.
Buning uchun kompyuter sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari va kuboklarini yuqori saviyada tashkil etish, terma jamoa a'zolarining xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun yetarli sharoitlarni yaratish zarur. Shu maqsadda O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi (Uzbekistan Espors Federation) bilan hamkorlik sertifikatiga ega “Espors Centre” kibersport markazlari faoliyatiga (xalqaro musobaqalar davridagi vaqt tafovutni inobatga olib) 24/7 rejimida ishlashga ruxsat berildi.
Kompyuter sporti bilan yer yuzida millionlab insonlar shug‘ullanadi. Internet jismoniy cheklovlarni olib tashlab, boshqa davlat yoki shaharlardagi do‘stlar bilan birgalikda o‘ynash uchun imkoniyat taqdim etadi. Shuni hisobga olgan holda, Espors Uzbekistan sertifikatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi kibersport arenalari (Espors center)ga tunu-kun, ya'ni 24/7 rejimida ishlashga ruxsat berildi. Bu kibersportchilarga O‘zbekiston chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rishlari uchun sharoit yaratadi.
Qo‘shimcha ma'lumotlarni +99890 315-24-24 raqami orqali olishingiz mumkin.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati
Mavzuga oid
16:37 / 23.12.2024
Sport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
19:05 / 20.01.2024
Yoshlar siyosati va sport vazirligi ikkiga ajratildi
20:04 / 22.05.2021
Sport vazirligi BO‘SM direktorlarini yoppasiga ishdan bo‘shatmoqchi. Bu qonunga zid
17:20 / 22.01.2021