Pandemiya sharoitida O‘zbekistonda kambag‘allik ko‘rsatkichi taxminan 1,5 barobarga ortgani ma'lum qilindi
O‘zbekiston aholisining necha foizi rasman kambag‘al hisoblanadi? Kambag‘allikni belgilash mezonlari nimalardan iborat?
Kun.uz muxbiri ushbu savol bilan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Kambag‘allikni qisqartirish siyosatini yuritish departamenti direktori Ilhom Mamatqulovga murojaat qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil boshida mamlakatda kambag‘allik darajasi 12–15 foiz atrofida ekanini aytgandi.
«Gap 4–5 million aholi vakillari haqida ketyapti. Bu – juda katta raqam», – degandi davlat rahbari Oliy Majlisga murojaatida.
Ilhom Mamatqulovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu raqam pandemiya tufayli 2020 yilda bir yarim baravarga oshgan.
«Dastlabki hisob-kitoblarimizga ko‘ra, bazaviy iste'mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, aholining kambag‘allik darajasi yil boshida aytilgan ko‘rsatkichga nisbatan sezilarli darajada oshgan», – dedi departament direktori.
Ilhom Mamatqulov shundan boshqa aniq raqamlarni keltirmagan holda, kambag‘al aholi sonini aniqlash va mezonlarni ishlab chiqish ustida ish olib borilayotgani, bu boradagi ishlar yakuniy bosqichda ekanini aytdi.
Uning ta'kidlashicha, kambag‘allikni o‘lchash bo‘yicha metodikalar turlicha. Vazirlik qay birini tanlagani va umuman shu mavzuga doir boshqa masalalar tegishli hujjat qabul qilinishidan oldin keng muhokamaga chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda iste'mol savatchasi va yashash darajasi minimumi belgilanishi 2017 yilda aytilgan edi, shundan so‘ng bir necha bor ushbu masalaga belgilangan muhlatlarda aniqlik kiritilmay kelmoqda.
Mavzuga oid
10:55 / 13.12.2024
Kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija ko‘rsata olmadi
16:14 / 27.11.2024
Mahallaning faol keksalariga har oy 577 ming so‘mdan to‘lanadi
11:19 / 20.11.2024
2025 yilda 1 mln aholini kambag‘allikdan chiqarish hukumat iqtisodiy kompleksi asosiy vazifasi bo‘ladi
10:48 / 20.11.2024