«Yangi yilga sport bilan!» festivali start oldi, dastlabki kunda 3000ga yaqin ishtirokchi qamrab olindi – Sport vazirligi
Bugun poytaxtimizdagi «Milliy» stadionda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Espors Uzbekistan, Full Level Espors hamda UZREPORT va FUTBOL TV telekanallari bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Yangi yilga sport bilan!» shiori ostidagi ommaviy sport festivali boshlandi.
Festivalda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan yurtdoshlarimiz sportning mini-futbol, stritbol, basketbol, velosport, yugurish, dars, arqon tortish, badminton, armrestling, tosh ko‘tarish, stol tennisi hamda «Workout» (ko‘cha fitnesi) yo‘nalishlari, shuningdek, yilning eng yirik turnirlari – shaxmat bo‘yicha onlayn O‘zbekiston chempionati hamda Kibersport bo‘yicha Grand final musobaqalarida o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishmoqda.
Festivalning ochilish marosimi o‘ziga xos shou tarzida tashkil etildi. San'at va sport yulduzlari esa o‘z chiqishlari bilan yig‘ilganlarni xushnud etdi.
Darvoqe, «Yangi yilga sport bilan!» shiori ostidagi ommaviy sport festivalining ilk kunida ishtirok etolmagan poytaxtimiz aholisi va mehmonlari 29 va 30 dekabr kunlari kelib, bemalol festivalda ishtirok etishlari mumkin.
Shunday ekan, imkoniyatni qo‘ldan chiqarmang va sovg‘alarni qo‘lga kiriting!
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati
Mavzuga oid
16:37 / 23.12.2024
Sport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
19:05 / 20.01.2024
Yoshlar siyosati va sport vazirligi ikkiga ajratildi
20:04 / 22.05.2021
Sport vazirligi BO‘SM direktorlarini yoppasiga ishdan bo‘shatmoqchi. Bu qonunga zid
17:20 / 22.01.2021