Iqtisodiyot | 17:50 / 29.12.2020
4111
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zRTXB»: Elektron davlat xaridlari bo‘yicha jami 913,7 mlrd so‘mlik mablag‘lar iqtisod qilindi

2020 yilning boshidan buyon davlat xaridlarining maxsus axborot portali www.xarid.uz orqali jami 4252,7 mlrd so‘mlik 753 mingdan ziyod bitimlar tuzildi. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda tuzilgan bitimlar son jihatdan 7,1% ga, hajmi bo‘yicha 11,9% ga o‘sgan.

Davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining mablag‘larini tejalishi 2019 yilga nisbatan 13,4% ga o‘sib, 913,7 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Savdolarni katta hajmi elektron auksion (65,1%) va elektron do‘kon (23,0%) da amalga oshirildi. 2020 yilda birja tomonidan joriy etilgan “Milliydo’kon” va etender.uzex.uz elektron tanlov va tender yangi savdo tizimlarining ulushlari esa mos tarzda 8,8% va 3,1% ni tashkil qildi.

O‘tkazilgan elektron davlat xaridlarining 58,4% budjet buyurtmachilari, 41,6% korporativ buyurtmachilarining ulushlariga to‘g‘ri kelgan.

Eng ko‘p davlat xaridlari sog‘liqni saqlash sohasi (469,8 mlrd so‘m), oliy va o‘rta maxsus ta'limi (155,6 mlrd so‘m) va xalq ta'limi tizimlari (144,8 mlrd so‘m) da amalga oshirilgan.

Hududlar kesimida eng yirik bitimlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (43,9%), Navoiy (8,6%), Samarqand (6,6%), va Qashqadaryo (6,1%) viloyatlarida tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi 2018 yildan buyon davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali xarid.uz ning operatori hisoblanadi. Portalda davlat xaridlari to‘g‘risida barcha ma'lumotlar, shu jumladan, o‘tkazilgan xaridlarning natijalari joylashtiriladi hamda davlat xaridlari bo‘yicha onlayn-savdolar o‘tkaziladi.

«O‘zRTXB» AJ PR bo‘limi

Mavzuga oid