Erkin Muhiddinov: Nolegal o‘zbekistonliklarni legallashtirish borasida Rossiya tomoni bilan muzokaralar olib borilmoqda
Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgan 50 ming o‘zbekistonlik fuqaro 5 ming rubl jarima to‘lash orqali nolegal muhojirlik maqomidan chiqarilgan. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhiddinov “Monomarkaz”da bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Muhiddinovga ko‘ra, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi va konsulliklari tomonidan bevosita Rossiyada hamda O‘zbekistonning o‘zida ham o‘zbekistonliklar orasida tashviqot ishlari kuchaytirilgan. Bundan tashqari, Rossiya mutasaddi tashkilotlari tomonidan Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan mehnat muhojirlari ularga murojaat qilgan taqdirda, ko‘pchiligi tilni va qonunchilikni bilmaganligi bois qo‘pollik, dag‘allik qilmasdan e'tibor qaratib qo‘yish so‘ralgan.
“Sentyabrdan o‘tgan 3 oy ichida Rossiyadagi 50 ming o‘zbekistonlik migratsiya idoralariga bordi va nolegal maqomdan chiqarildi.
Bugungi kunda, Rossiya ichki ishlar vazirligi keltirgan raqamga ko‘ra, 490 mingga yaqin o‘zbekistonlik Rossiyada nolegal muhojir hisoblanadi. Endi ularni noqonuniy muhojirlikdan chiqarish bo‘yicha ham ish olib borilyapti.
Bu safar boshqacha yondashiladi. 490 ming kishining ism-sharifi, manzili olinib, O‘zbekistondagi oilalari orqali ularni Rossiya migratsiya xizmatiga borishga targ‘ib qilamiz. Yuqoridagi 50 ming kishi Rossiyadan deportatsiya, ya'ni chiqarib yuborilmadi, aksincha 5 ming rubl to‘lab Rossiyada qolishdi. Qolgan 490 ming fuqaroni ham shu tarzda noqonuniy muhojirlik maqomidan chiqarishimiz kerak”, - dedi vazirning birinchi o‘rinbosari.
Mavzuga oid
13:31
BMW Rossiyaga avtomobil yetkazish bilan bog‘liq qonunbuzarliklarni tan oldi
09:12
Ukraina: Rossiya KXDR askarlariga soxta hujjatlar beryapti
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
00:36 / 22.12.2024