Guljahon Yo‘ldosheva ishi. Sudda navbatdagi guvohlar ko‘rsatmalari tinglandi
28 dekabr kuni Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Navbatdagi sud majlisida ham ish bo‘yicha jalb etilgan guvoh va mutaxassislarning ko‘rsatmasi tinglandi.
Guvoh Valiya Jo‘rayeva karantin davrida Toshkent viloyati yuqumli kasalliklari shifoxonasida hamshira bo‘lib ishlagan. U sudda marhum F.Rustamovning ahvoli haqida gapirib, kasallik tarixida unga COVID-19 tashxisi qo‘yilmaganini, unga har gal kislorod ulanganda buni olib tashlashini aytdi.
Viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasida qorovul bo‘lib ishlagan guvoh Turdibek Aydinbayev Yo‘ldoshevaning har kuni ishga kelganini, shifoxonaga tekshiruv kelganida ularga to‘sqinlik qilmaganini bildirdi.
G.Yo‘ldoshevaga nisbatan e'lon qilingan iqtisodiy jinoyatlarga oid holatlar bo‘yicha Toshkent viloyati davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi mutaxassisi Muzaffar Rahimov ko‘rsatmalari tinglandi. U shifoxona faoliyatida bir nechta moliyaviy xatoliklar bo‘lganini qayd etdi, bosh shifokor izoh berdi.
Shuningdek, sudda Toshkent viloyati yuqumli kasalliklari shifoxonasi bosh shifokor o‘rinbosari lavozimida ishlagan Nilufar Cho‘liyeva hamda shu shifoxonaning hamshira-provizori bo‘lib ishlagan Nafisa To‘rayeva, viloyat ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasi xodimlari, hamshira va nazoratchilarining ham ko‘rsatmalari tinglandi.
Sud 2021 yilning 4 yanvarigacha tanaffus e'lon qildi.
Mavzuga oid
21:28 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?
21:02 / 12.12.2024
Yangiyo‘lda 5 bolani bosib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi axloq tuzatish jazosini oldi
15:29 / 11.12.2024
Moskvadagi harbiy sud terrorizm bo‘yicha deyarli barcha ishlarni yashirdi
17:49 / 06.12.2024