O‘zbekiston | 15:40 / 09.01.2021
5096
2 daqiqa o‘qiladi

AKT vaziri: 14 ming kilometr optik tolali liniyalar tashkil etildi va yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoniyati yaratildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning ma'lum qilishicha, 5 440ta maktabgacha ta'lim va 3 207ta sog‘liqni saqlash muassasalarigacha jami 14 ming km optik tolali aloqa liniyalari tashkil etilgan.

Foto: REUTERS/Kacper Pempel

AOKAda o‘tkazilgan brifingda berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni joriy etishda infratuzilmani rivojlantirish maqsadida: 

  • 1 millionta Internet tarmog‘ida keng polosali ulanish portlari o‘rnatilgan va ularning umumiy soni 3 milliontaga yetkazilgan;
  • 32 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurildi;
  • 3 mingta tayanch stansiyalari keng polosali texnologiyalari asosida modernizatsiya qilindi;
  • 5 petabayt sig‘imga teng Ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ishga tushirildi.

Mavjud texnik quvvatlarni keskin oshirish hisobiga o‘tgan yil dekabr oyidan aloqa kanallari ijarasi tariflari 2 barobarga, o‘tgan yil davomida internet xizmatlari tariflari esa 29 foizga arzonlashtirilishiga erishildi (1 Mbit/s internet narxi 40,0 ming so‘m).

Shuningdek, ijtimoiy soha obektlariga, shu jumladan 8 095ta xalq ta'limi, 5 440ta maktabgacha ta'lim va 3 207ta sog‘liqni saqlash muassasalarigacha jami 14 ming km optik tolali aloqa liniyalari tashkil etildi va yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratildi.

Bundan tashqari, 5 641ta mobil aloqa tayanch stansiyalari ishga tushirilgan.

Mavzuga oid