Interpol Bayrutdagi portlash ishi bo‘yicha 2 rossiyalikni qidiruvga berdi
Interpol 2020 yil avgustda Bayrutda yuz bergan kuchli portlash ishi bo‘yicha 2 rossiyalik va bir portugaliyalikni qidiruvga berdi. “Qizil bildirishlar” Bayrutdagi portlashga sabab bo‘lgan ammoniy nitratini 2013 yilda Bayrut portiga keltirgan Rhosus kemasi egasi va kapitaniga hamda ushbu moddani sotish bilan shug‘ullanuvchi portugaliyalikka nisbatan chiqarilgan.
2020 yil oktyabrda Livan sudi kema egasi va kapitanini hibsga olish uchun xalqaro order berishni so‘ragan.
Interpol qidirilayotgan shaxslarning ismlarini ochiqlamagan, biroq Livan matbuotining ta'kidlashicha, gap kema kapitani Boris Prokoshev va kema egasi, Kiprda yashovchi rossiyalik biznesmen Igor Grechushkin haqida bormoqda. Bundan tashqari, 2014 yilda Bayrut portiga tushirilgan ammoniy nitratni ko‘zdan kechirgan portugaliyalik Jorji Manuela Netu Moreyru ham qidiruvga berilgan.
Interpolning “qizil bildirishi” u bo‘yicha qidiruvga berilgan kishilarning davlatlar tomonidan tezda hibsga olinishini talab etmaydi. Bu bajarilishi shart bo‘lgan order hisoblanmaydi.
Bayrut portidagi portlash 2020 yil 4 avgustda yuz bergandi. O‘shanda portda bir necha yil davomida saqlanib kelgan 2,7 ming tonna ammoniy nitratning portlashi oqibatida 200ga yaqin kishi halok bo‘lgan, 6,5 ming kishi jarohat olgan, 300 mingdan ko‘proq kishi boshpanasiz qolgan. Buning ortida Livanda hukumatga qarshi noroziliklar boshlangan. Namoyishchilar hukumatni odamlarning o‘limiga olib kelgan loqaydlikda ayblashgan.
Mavzuga oid
16:56 / 22.12.2024
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan zapravka buzilmoqda - video
16:28 / 20.12.2024
O‘zbekiston Interpol orqali Rasayev va Temirxanovni xalqaro qidiruvga berdi
19:58 / 19.12.2024
“Bu shahar ichidagi, hamma qarshi bo‘lgan bomba edi” - Farg‘onadagi portlash haqida guvohlar nima deydi?
10:59 / 18.12.2024