Fan-texnika | 22:07 / 12.01.2021
9879
1 daqiqa o‘qiladi

Sony o‘zining birinchi elektromobilini sinovdan o‘tkazmoqda

Sony Vision-S umumiy quvvati 544 ot kuchiga teng ikkita elektromotor bilan jihozlangan. U 4,8 soniya ichida tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi, maksimal tezligi esa soatiga 240 kilometrni tashkil etadi.

Foto: Sony

Sony kompaniyasi Avstriya yo‘llarida o‘zining Vision-S deb nomlangan birinchi elektromobilini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilmoqda.

"Vision-S keyingi bosqichga o‘tdi. Sony Avstriyadagi hamkorlari bilan yo‘ldagi sinovlarni boshladi", - deyiladi xabarda.

Sinovlar Grats shahrida o‘tkazilmoqda.

Vision-S prototipi ilk bor o‘tgan yili CES ko‘rgazmasida namoyish etilgandi.  

Elektromobil funksiyalari Bosch bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan inson-mashina interfeysi orqali boshqariladi. Tizim haydovchining yuzini taniy oladi hamda ovoz va ishoralar orqali ham boshqarish imkoniyatiga ega.

 Sony Vision-S umumiy quvvati 544 ot kuchiga teng ikkita elektromotor bilan jihozlangan. U 4,8 soniya ichida tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi, maksimal tezligi esa soatiga 240 kilometrni tashkil etadi.

Elektromobil Bosch, NVIDIA va Magna Steyr kompaniyalari ishtirokida ishlab chiqilgan.  

Mavzuga oid