O‘zbekiston | 19:20 / 13.01.2021
23773
2 daqiqa o‘qiladi

Yo‘ldosheva ishi bo‘yicha 11-sud majlisi bo‘lib o‘tdi

Joriy yil 11 yanvar kuni Guljahon Yo‘ldosheva ishi bo‘yicha navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Sudda Yo‘ldosheva farzandlariga bosim bo‘lganligi, deputat tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda u haqida noto‘g‘ri ma'lumotlar tarqatilayotganligi yuzasidan sudga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Navbatdagi sud majlisida ham guvohlarning ko‘rsatmalari tinglandi.

Sud majlisi oldidan Yo‘ldosheva maktabda o‘qiydigan farzandlariga bosim bo‘layotganligi, uning uyi atrofida noma'lum shaxslar tomonidan unga qarshi ma'lumotlar to‘planayotganligi hamda Xalq deputatlari Chirchiq shahar kengashi deputati Jahongir To‘lyaganov tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘ziga nisbatan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on ma'lumotlar tarqatilayotganligi haqida gapirdi.

Ta'kidlashicha, Jahongir To‘lyaganov uning shaxsiy hayotiga oid ma'lumotlarni surishtirgan. Yo‘ldosheva sud raisidan ushbu deputatga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni, farzandlari xavfsizligini ta'minlashni so‘rab sudga iltimosnoma kiritdi.

Shuningdek, mazkur sud majlisida guvohlar Ma'murjon Saidahmedov, Zokir To‘xtayev va Toshkent viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nizom Abdullayevlarning ko‘rsatmalari tinglandi. 

Sud ishi 21 yanvar kuni soat 10:00ga qadar tanaffus e'lon qildi.

Mavzuga oid