Kongressmenlar Baydenning inauguratsiyasiga bronejiletlarda kelishni rejalashtirishmoqda
Amerikalik kongressmenlarning aksariyati o‘z hayotlari uchun xavotirlanayotganlari sababli Jo Baydenning inauguratsiyasiga bronejiletlarda kelishmoqchi. Bu haqda respublikachi kongressmen Piter Meyyer ma'lum qildi.
Meyyerning ta'kidlashicha, inauguratsiya oldidan kongressmenlar bronejiletlar xarid qilishga tushib ketishgan, kun tartiblarini o‘zgartirib, tansoqchilar bilan harakatlanishmoqda.
“Biz shunday ahvolga yetib kelganimiz juda qayg‘uli. Biroq kimdir bizni o‘ldirishga urinishidan xavotirlanmoqdamiz”, deb aytgan kongressmen.
Ta'kidlanishicha, Meyyer Trampning impichmentini qo‘llab-quvvatlagan 10 respublikachidan biri bo‘lib, u o‘z qarorini Tramp Vashingtondagi tartibsizliklar uchun qisman bo‘lsa ham aybdor ekanini tan olmagani bilan tushuntirgan.
Avvalroq OAVda AP, Fox va NBC telekanallarining Kapitoliy yaqinidagi ofislarida oynalar va eshiklar mixlab tashlangani kadrlari paydo bo‘lgandi. Ta'kidlanishicha, jurnalistlar Kapitoliy yonida yana tartibsizliklar boshlanishi va ular qurolli hujumlarga aylanib ketishidan xavotirlanishmoqda.
6 yanvarda Vashingtonda Tramp tarafdorlari Kapitoliy binosiga bostirib kirishgandi va tartibsizliklar uyushtirishgandi. Bayden va demokratlar vaziyatning bunday tus olishida Trampni ayblashmoqda. Ularning ta'kidlashicha, aynan Tramp o‘z tarafdorlarini bunday harakatlar sodir etishga undagan.
Tartibsizliklarning ertasi kuniyoq Vashingtonda komendantlik soati e'lon qilingan. Voqealar ortida kongressning vakillar palatasi Trampga impichment e'lon qilgan.
Baydenning inauguratsiyasi 20 yanvarga belgilangan. Tadbir davomida tartibni saqlashga 15 ming gvardiyachi jalb qilingan.
Mavzuga oid
17:40
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
23:11 / 21.12.2024
AQSh prezidenti hukumat ishini moliyalashtirishni uzaytiruvchi qonunni imzoladi
20:35 / 21.12.2024