Jahon | 19:38 / 24.01.2021
6673
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoyda oltin konidagi portlashdan 2 hafta keyin 11 konchi qutqarib olindi
Xitoyning Shandun provinsiyasida 11 yanvarda portlash yuz bergan oltin konidan 11 konchi tirik holda yuzaga chiqarib olindi.
“Sinxua” axborot agentligining xabar berishicha, birinchi konchi 24 yanvar mahalliy vaqt bilan soat 11:13da yuzaga chiqarilgan. Erkak og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.
Qutqaruv amaliyotiga 633 kishi va 407ta texnika jalb qilingan.
Portlash yuz berganda konda 22 kishi bo‘lgan. Qutqaruvchilar 12 konchi bilan aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishgan. Ulardan biri keyinroq vafot etgan. Yana 10 kishining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
17:07
Xitoyning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi
23:24 / 23.12.2024
Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
11:25 / 23.12.2024