O‘zbekiston | 07:56 / 29.01.2021
21200
1 daqiqa o‘qiladi

Furqat Mahmudxo‘jayev Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi 

Furqat Mahmudxo‘jayev Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari - Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Qayd etilishicha, uzoq yillar davomida davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida faoliyat yuritib kelgan Furqat Mahmudxo‘jayev ushbu lavozimda ish boshladi.

Furqat Mahmudxo‘jayev 1965 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1989 yil Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan. 

Ko‘p yillar davomida Toshkent shahar Mahallalar kengashi boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan. 2020 yil fevral oyidan hozirgi kunga qadar Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari - matbuot kotibi, hokimning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid