Jahon | 19:06 / 30.01.2021
71328
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik milliarder o‘zini Putinniki deb aytilayotgan saroy egasi deb e'lon qildi

 Rotenbergning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda apart-otel quriladi, shu bois uning xonalari ko‘p. U mehmonxona biznesini yoqtirishini aytgan.

Vladimir Putin va Arkadiy Rotenberg / Foto: Getty Images

 Rossiyalik milliarder Arkadiy Rotenberg o‘zini Gelenjikdagi saroy egasi deb e'lon qildi. Bu haqda Mash Telegram-kanali xabar bermoqda.

«Endi bu sir emas. Men benefitsiar hisoblanaman. Obekt anchagina murakkab edi. Kreditorlar ko‘p bo‘ldi, men benefitsiar bo‘lishga erishdim. Bu topilma. Ajoyib joy», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda apart-otel quriladi, shu bois uning xonalari ko‘p. Rotenberg mehmonxona biznesini yoqtirishini aytgan.

Avvalroq muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy Krasnodar o‘lkasidagi Gelenjik hududida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning saroyi borligi haqida deyarli ikki soatlik surishtiruv e'lon qilgandi.

Putin saroy haqidagi ushbu surishtiruvga munosabat bildirib, uni umrida ko‘rmaganligini aytgan.

Mavzuga oid