Jahon | 20:27 / 01.02.2021
3889
1 daqiqa o‘qiladi

Ryanair aviakompaniyasi ko‘rgan zarar 1 mlrd dollardan oshishi mumkin

Aviakompaniyaning 2020 yil oktyabr-dekabr oylaridagi reyslari soni 78 foizga qisqargan.

Foto: Niall Carson/PA

Irlandiyaning Ryanair aviakompaniyasi 2020 yilda ko‘rgan moliyaviy zarar bir milliard dollardan ortiqni tashkil etishi mumkin. Bu haqda Onado‘lu agentligi xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash doirasida Yevropaning eng yirik budjet aviakompaniyasi zarar ko‘rmoqda.

Aviakompaniyaning 2020 yil oktyabr-dekabr oylaridagi reyslari soni 78 foizga qisqargan.

Ryanair o‘tgan yilning aprelidan 2021 yil martigacha ko‘rgan zarar 850 million yevrodan (1,03 milliard dollar) 950 million yevrogachani tashkil etishi mumkin.

O‘tayotgan moliyaviy yil loukosterning 35 yillik tarixi davomidagi eng og‘ir davr bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga oid