FAO bosh direktoriga «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi» ko‘krak nishoni topshirildi
2021 yilning 2 fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Tsyuy Dunyuy bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, tomonlar o‘zaro hamkorlikning darajasi va sur'atini yuqori baholadilar. 2020 yilning noyabr oyida O‘zbekiston raisligida onlayn rejimda bo‘lib o‘tgan Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy konferensiyasining 32-yig‘ilishi natijalari va tavsiyalarini bajarish mexanizmlari muhokama qilindi.
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha hamkorlikning ustuvor ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.
2021-2022 yillarda O‘zbekistonning Yevropa mintaqaviy konferensiyasida raisligini samarali amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi xalqaro hamda mintaqaviy tashabbuslarda mamlakatimiz ishtirokini faollashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuv doirasida FAO bosh direktori Tsyuy Dunyuyga O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va qishloq mintaqalarini rivojlantirishga, respublika va tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikka qo‘shgan hissasi uchun «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi» ko‘krak nishoni topshirishga bag‘ishlangan rasmiy marosim bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
07:35 / 20.12.2024
Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
14:06 / 12.12.2024
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 16 foizga oshdi
15:43 / 05.12.2024
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida XMI ishtirokida 2 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda
15:09 / 03.12.2024