Jamiyat | 12:55 / 06.02.2021
26478
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda yuk avtomobili haydovchisiga ko‘rinmas hududdan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro avtomobil tagida qolib vafot etdi

Joriy yilning 5 fevral kuni soat 14:30larda Andijon viloyati, Asaka shahar, Beruniy MFY, I.Buxoriy ko‘chasidan o‘tgan 4R-112 “Farg‘ona halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 164-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1968 yilda tug‘ilgan D.B. “Man” rusumli yuk avtomobilida svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan vaqtida, yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro, 1938 yilda tug‘ilgan Yu.A.ni ko‘rmay qolib, harakatlanib yuborishi oqibatida urib yuborgan.

Natijada, piyoda, 83 yoshli Yu.A. tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Asaka shahar IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid