Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmon imzolandi. Farmon bilan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini 2021-2025 yillarda ustuvor rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Norma’ning yozishicha, quyidagilar tashkil etildi:
- qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida ta'lim, ilm-fan, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi sub'yektlariga zamonaviy agroxizmatlar ko‘rsatishning uzviy tizimini o‘zaro bog‘laydigan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi;
- Qishloq xo‘jaligi sohasida ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta'minlash bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash;
- Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi.
Milliy markaz Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, «Agroinnovatsiya» DUK, G‘o‘za urug‘chiligi markazi negizida tashkil etiladi. Milliy markaz Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi hisoblanadi va quyidagilarni amalga oshiradi:
- o‘z tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasasi faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi;
- chorvachilik yo‘nalishlari, o‘rmon va suv xo‘jaligi, ipakchilik sohalarida faoliyat yurituvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yadi;
- qishloq xo‘jaligi sohasidagi oliy va professional ta'lim muassasalarining ilmiy va innovatsion faoliyatini muvofiqlashtiradi.
2021 yildan boshlab Muvofiqlashtiruvchi kengash 2021 yil 1 aprelga qadar Qishloq xo‘jaligining ustuvor yo‘nalishlari, global, mintaqaviy va hududiy muammolarning ilmiy yechimlarini tadqiq qilish bo‘yicha keyingi 5 yilga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqadi. Besh yillik dasturda nazarda tutilgan yo‘nalishlar qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy loyihalar bo‘yicha davlat buyurtmalarini shakllantirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etiladi.
Shuningdek quyidagilar tashkil etiladi:
a) 2021–2022 yillarda:
Respublika agroxizmatlar markazi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar agroxizmatlar markazlari;
b) 2022 yildan boshlab bosqichma-bosqich qishloq tumanlarida tuman agroxizmatlar markazlari tashkil etiladi.
Hududiy agroxizmatlar markazlari Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining hududiy bo‘linmalari negizida tashkil etiladi.
2021 yil 1 martdan boshlab, tajriba tariqasida, Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarida tadbirkorlik sub'yektlarini jalb etgan holda kichik ilmiy-innovatsion korxonalar tashkil etishga ruxsat beriladi. Bunda:
a) ilmiy-tadqiqot muassasasi:
qishloq xo‘jaligi ekinlarining ilmiy asoslangan holda ekilishini tashkil etadi;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘chilik va seleksiyasini yo‘lga qo‘yadi, yangi nav va duragaylarni yaratadi;
o‘simliklarni zararkunandalardan asrash, tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqadi.
b) tadbirkorlik sub'yektlari:
ilmiy-tadqiqot muassasasining yangi nav va duragaylarni yaratish bo‘yicha faoliyatini moliyaviy ta'minlashga ko‘maklashadi hamda uning natijalarini tijoratlashtirish choralarini ko‘radi;
ichki va tashqi bozor talablaridan kelib chiqib, eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirishni yo‘lga qo‘yadi va uni ommalashtiradi;
yangi ichki va tashqi bozorlarni topish, xalqaro standartlarga mos keluvchi laboratoriyalar, urug‘likni saqlash, saralash, qadoqlash va meva-sabzavotni qayta ishlash uskunalarini xarid qilishga ko‘maklashadi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saralash, qadoqlash, milliy brend asosida eksport qilish choralarini ko‘radi;
v) foyda solig‘i bo‘yicha jami daromadni aniqlashda – soliq to‘lovchilarning ilmiy tadqiqotlarga va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlari, amortizatsiya qilinadigan aktivlarni olishga oid xarajatlardan tashqari, tegishli ilmiy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlanmalarining natijasidan qat'i nazar, Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda bunday tadqiqotlar va ishlanmalar (xizmatlarning alohida bosqichlari) tugallangan va qabul qilish-topshirish dalolatnomasini taraflar imzolaganidan keyin chegirib tashlanadi.
Mavzuga oid
07:35 / 20.12.2024
Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
14:06 / 12.12.2024
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 16 foizga oshdi
15:43 / 05.12.2024
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida XMI ishtirokida 2 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda
15:09 / 03.12.2024