O‘zbekiston | 14:25 / 12.02.2021
6592
5 daqiqa o‘qiladi

Fond birjasi savdolariga 10ta yog‘-moy sanoati korxonalari, 20ga yaqin neft-gaz va elektrtarmoq korxonalari va boshqa ko‘plab davlat aksiyalari chiqarildi

Hammaga ma'lumki, davlat rahbari tomonidan iqtisodiyotni liberallashtirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda, qarorlar qabul qilinmoqda.

Jumladan, prezidentning 2020 yil 27 oktyabrdagi PF–6096-sonli farmoni ham shu yo‘nalishda boshlangan ishlarning davomi sifatida qabul qilinib, ko‘plab aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlarining ommaviy savdolar orqali sotilishini belgilab berdi.

Bugungi kunda mazkur farmon ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ko‘plab aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat aksiyalari fond birjasi savdolariga chiqarildi. 

Jumladan:

“Urganch yog‘-moy” AJ ustav kapitalidagi 60,3 foiz, 18 mln 645 ming 786 dona oddiy aksiyalar 115,8 mlrd so‘mga (har bir aksiyaning boshlang‘ich narxi 6 ming 209,40 so‘mdan) taklif etilmoqda;

“Guliston ekstrakt yog‘” AJ ustav kapitalidagi 58,9 foiz, 290 ming 796 dona oddiy aksiyalar 103,8 mlrd so‘mga (har bir aksiyaning boshlang‘ich narxi 357 ming 074,08 so‘mdan) taklif etilmoqda (savdolar 2021 yil 4 martdan boshlanadi);

“Kogon yog‘ ekstraksiya zavodi” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz, 25 mln 938 ming 836 dona oddiy aksiyalar 56,4 mlrd so‘mga (har bir aksiyaning boshlang‘ich narxi 2 ming 173 so‘mdan) taklif etilmoqda (savdolar 2021 yil 16 martdan boshlanadi).

Bundan tashqari, “Farg‘ona yog‘-moy” AJ, “Yangiyo‘l yog‘-moy” AJ, “Andijon yog‘-moy” AJ kabi yirik yog‘-moy korxonalari (jami 10ta yog‘-moy korxonalari) sotishga taklif etilmoqda.

Shu bilan birga, “Muborakneftgazmontaj” AJ, “Qashqadaryo texnologik transport” AJ, “Buxoroneftgazparmalash” AJ, “O‘zqishloqelektrqurilish” AJ, “Maxsuselektrtarmoqqurilish” AJ kabi neftg-gaz va elektr tarmoq korxonalari, shuningdek, “Trastbank” AJ, “Savdogarbank” AJ kabi yirik banklar fond birjasi savdolariga chiqarildi (to‘liq ro‘yxat).

Shuni alohida qayd etib o‘tish kerakki, xususiylashtirish jarayonida tadbirkorlik sub'yektlariga yanada ko‘proq qulayliklar yaratish maqsadida ularga hukumatimiz tomonidan ko‘plab imtiyozlar berib kelinmoqda. Jumladan, “Buxoroparranda” AJ, “Matbuot tarqatuvchi” AJ, “Urganchkormmash” AJ va yana boshqa ko‘plab jamiyatlar ustav kapitalidagi davlat aksiyalari tadbirkorlarga narxni pasaytirish mexanizmini qo‘llagan holda, imtiyoz bilan taklif etilmoqda.

Shuningdek, korxonalar sof aktivlarining davlat aksiya paketlari (ulushlari)ga nisbatan proporsional qiymati 100 mln so‘mdan oshmasa, ularni  istisno tariqasida, sof aktivlarining proporsional ulushiga teng (sof aktivlari ustav kapitalidan kam bo‘lganda nominal) qiymatda ommaviy savdolarga chiqarish mexanizmi xam qo‘llanib kelinmokda. Jumladan, “Muborakneftgaztrans” AJ aksiyalari nominal qiymatda, “Trastbank” AJ hamda “Savdogarbank” AJ aksiyalari esa birja kotirovka narxlarida birja savdolariga chiqarilmoqda.

Savdolar oshkoralik va shaffoflikni ta'minlagan holda ommaviy savdolar orqali, auksion tizimini qo‘llagan holda “Toshkent” RFBda amalga oshirilmoqda. 

Ma'lumot uchun aytish lozimki, birja savdolarida turgan davlat aksiyalarini mulkchilik shaklidan qat'i nazar, barcha shaxslar (jismoniy va yuridik), mahalliy va xorijiy investorlar hech qanday to‘siq va qiyinchiliksiz sotib olishlari mumkin. 

Birja savdolarida ishtirok etish tartibi va qoidalari, shuningdek savdolarga chiqarilgan davlat aksiya paketlari bo‘yicha kerakli ma'lumotlarni https://t.me/mulksarmoya telegram kanalidan hamda @openinfo_bot telegram botidan olish mumkin.

Ma'lumot uchun: 90 993-95-58

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid