Xurmo eksporti 50,1 ming tonnaga oshdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2020 yilda 18ta xorijiy davlatga qiymati 48,6 million AQSh dollariga teng 97 ming 500 tonna xurmo eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich 2019 yilning shu davri bilan solishtirilganda 50 ming 100 tonnaga ko‘p.
2020 yilda O‘zbekiston eng ko‘p xurmo eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 56 ming 800 tonna;
Rossiya – 32 ming 100 tonna;
Qirg‘iziston – 3 ming 100 tonna;
Turkmaniston – 2 ming 800 tonna;
Ukraina –1 ming 800 tonna;
Belarus – 818,1 tonna.
2020 yilda xorijga eng ko‘p xurmo eksport qilgan hududlar:
- Toshkent viloyati – 31 ming 300 tonna;
- Farg‘ona viloyati – 20 ming 600 tonna;
- Toshkent shahri – 16 ming 500 tonna;
- Namangan viloyati – 7 ming 600 tonna;
- Sirdaryo viloyati – 4 ming 900 tonna.
Avvalroq, 2020 yilda qiymati 8,6 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 7,1 ming tonna limon eksport qilingani ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
13:52 / 21.12.2024
O‘zbekiston eksportida xususiy sektor ulushi 60 foizga yetkaziladi
12:56 / 19.12.2024
AQSh O‘zbekiston za’faroni eksporti uchun berilgan ruxsatnoma muddatini uzaytirdi
20:50 / 17.12.2024
O‘zbekistonning 18 tonna zararli pomidori Rossiya bozoriga kiritilmadi
18:11 / 12.12.2024