Fan-texnika | 17:38 / 19.02.2021
5629
1 daqiqa o‘qiladi

Renault bir yilda qariyb 10 mlrd dollar zarar ko‘rdi

Moliyaviy natijalar e'lon qilinishi bilan Renault aksiyalari narxi 8,5 foizga arzonladi.

Foto: Finans.az

2020 yil natijalariga ko‘ra Renault kompaniyasining sof zarari 8,046 mlrd yevroga (9,7 mlrd dollar) teng bo‘ldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma'lum qildi.

Bunga asosan Yaponiyaning Nissan (Renault va Mitsubishi Motors bilan birga alyans tarkibiga kiradi) kompaniyasi ko‘rsatkichlari sabab bo‘ldi – jami zararning 5 mlrd yevroga yaqini unga tegishli, deb yozadi Bloomberg.

Moliyaviy natijalar e'lon qilinishi bilan Renault aksiyalari narxi 8,5 foizga arzonladi. Refinitiv tahlilchilari kompaniya 2020 yilda 7,4 mlrd yevro zarar ko‘rishini taxmin qilgandi, deya qayd etadi Reuters.

Kompaniya 2020 yilning ikkinchi yarmida «operatsion rentabellik sezilarli darajada yaxshilangan»ligini bildirgan. Ma'lum qilinishicha, o‘tgan yilning oxirgi olti oyida sof zarar 660 mln yevroni tashkil qilgan.

Mavzuga oid