Qonunchilik palatasi spikerining axborot siyosati bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi ta'sis etildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining raqamli rivojlanish va axborot siyosati masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi ta'sis etildi.
Palataning 23 fevral kungi majlisida shunday qarorga kelindi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, yangi lavozimni joriy etishdan maqsad – axborot maydonida deputatlarning ishtirokini yanada kengaytirish, parlament a'zolarining jamiyatda axborot siyosatini olib borishdagi faoliyatining samarali tizimini yaratishdir.
Majlisda Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Tojiyev spikerning raqamli rivojlanish va axborot siyosati masalalari buyicha o‘rinbosari lavozimiga saylandi.
«Spikerning yangi o‘rinbosari davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish ishlarini muvofiqlashtirish, parlament va hokimiyat vakillik organlarining davlat axborot siyosatini ishlab chiqish hamda tatbiq etish jarayonidagi faol ishtirokini ta'minlashga mas'ul bo‘ladi.
Shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan amalga oshirilayotgan axborot-tahlil faoliyatiga oid ishlarni muvofiqlashtirib boradi», – deyiladi palata axborotida.
Mavzuga oid
16:50 / 03.12.2024
Sudyalar Oliy kengashi tarkibi Senat tomonidan saylanishi mumkin
16:10 / 03.12.2024
Qaysi deputat qanday ovoz bergani ochiq bo‘lishi kerak - Bobur Bekmurodov
14:13 / 21.11.2024
Akmal Saidov Shavkat Mirziyoyevga: “Yangi O‘zbekiston parlamentining me’mori kim deyishsa, sizni aytardim”
17:59 / 20.11.2024