Jamiyat | 19:06 / 02.03.2021
5838
1 daqiqa o‘qiladi

Chustlik ota besh yillik alimentni oldindan to‘lab berdi

Majburiy ijro byurosining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, Namangan viloyatining Chust tumanida yashovchi ota bir nafar farzandining 5 yillik alimenti uchun salkam 31 mln so‘m to‘lab bergan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining karoriga asosan 1 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti otaga yuklatilgan bo‘lib, MIB tuman bo‘limi davlat ijrochilari sud qarori ijrosini ta'minlash maqsadida qarzdor bilan tushuntirish ishlari olib borgan.

Natijada fuqaro T.K. bir nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun 5 yillik aliment pulini oldindan to‘lab berdi. 2021 yil mart oyidan 2026 yil mart oyiga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment to‘lovi 30 mln 942 ming so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq Samarqandda ota 67 million so‘m aliment qarzini to‘lab, farzandlariga uyini ham bergan bo‘lsa, Qo‘qonda aliment to‘lovi o‘rniga «Spark», Buxoroda esa uy va «Nexia-2» kalitlari topshirilgan edi.

Mavzuga oid