Shavkat Mirziyoyev o‘z maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 mart kuni o‘zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi.
Uchrashuvda maslahatchi Chakrabartining O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyasini tayyorlash, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, mamlakatimizning xorijiy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarini kengaytirish borasidagi taklif va tavsiyalari ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari «yo‘l xaritasi» va ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha boshqa muhim konseptual hujjatlarni birgalikda puxta tayyorlashni davom ettirish va keyinchalik ularni amalga oshirish zarurligini ta'kidladi.
Investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, davlat ulushi mavjud korxonalarni transformatsiya qilish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
- Ma'lumot uchun, Suma Chakrabarti 2012 yil iyulidan 2020 yil iyuligacha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti bo‘lib ishlagan. YeTTBga rahbarlik qilishdan avval u Xalqaro taraqqiyot departamentining doimiy kotibi (2002-2007) bo‘lgan va Birlashgan Qirollikning Adliya vazirligida (2007-2012) ishlagan.
- Suma Chakrabarti 2020 yil yozida O‘zbekiston prezidenti farmoniga ko‘ra «O‘zbekiston Respublikasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi ulkan xizmatlari» uchun «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi. U 2020 yil kuzida O‘zbekiston prezidenti maslahatchisiga aylandi.
Mavzuga oid
20:43
Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
13:58 / 20.12.2024
1 yanvardan boshlab yer yoki davlat mulki QQSsiz sotiladi
16:14 / 17.12.2024
Mirziyoyev Qatar amiri bilan strategik sheriklikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi
22:53 / 16.12.2024