Ayollar o‘rtasida og‘ir jinoyatlar kamaydi, ammo firibgarlik va o‘g‘rilik oshib bormoqda – IIV
Toshkentda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayollar yetakchi lavozimlarda: COVID-19 pandemiyasi sharoitida teng huquqli kelajakka erishish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Baxtiyor Berdialiyev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ayollar orasida oshib borayotgan jinoyat turlari haqida ma'lumot berdi.
“Afsuski, ayollar o‘rtasida jinoyatning ba'zi turlari oshib boryapti. Xususan, firibgarlik ko‘payyapti. Aholi huquqiy ongini oshirish, huquqbuzarlik profilaktikasi bo‘yicha tushuntirish ishlariga qaramay, sodda insonlarning ishonchiga kirib, mol-mulkini o‘zlashtirib olayotganlar soni ortyapti.
2020 yil davomida ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar orasida firibgarlik 30 foizga, o‘g‘rilik 28 foizga oshgan. Shu bilan birga, tovlamachilik 20 foizga, giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar 38 foizga, shuningdek, og‘ir turdagi jinoyatlar kamaygan. Statistika har 100 000 nafar ayolga 32ta jinoyat to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda. Yana bir achinarli jihati, bunday insonlar tergovga tortilib, sud hukmiga ko‘ra qonunda belgilangan jazosini oladi, lekin jabrlanuvchilar ko‘p hollarda yo‘qotgan mulkini uzoq sarsongarchilikdan so‘ng majburiy ijro orqali qaytarib oladi yoki umuman undira olmaydi”, – dedi Baxtiyor Berdialiyev.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda zo‘ravonlikdan jabrlangan va tazyiqqa uchragan 14 774 nafar xotin-qizlar aniqlanib, ularga “himoya orderi” rasmiylashtirilgani xabar berilgandi.
Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtasheva ayollar orasida korrupsiya holatlari bo‘yicha tadqiqot olib borilmaganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
16:45 / 22.12.2024
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
09:50 / 18.12.2024
Yevropada keksa kishilarni aldagan firibgarlar tarmog‘i fosh etildi
10:00 / 10.12.2024
Moliyaviy firibgarliklarning oldini olishda antifrod tizimlarning roli qanday?
18:45 / 21.11.2022