O‘zbekiston | 19:04 / 14.03.2021
9077
1 daqiqa o‘qiladi

Xonobodda 42 nafar boquvchisini yo‘qotgan oila farzandlariga xatna to‘yi tashkil etildi

Foto: KUN.UZ

Milliy qadriyatlarimizdan bo‘lgan Navro‘z bayrami arafasida Andijon viloyatining Xonobod shahrida chin yetim va boquvchisini yo‘qotgan oila farzandlariga alohida e'tibor qaratildi. Tuman tadbirkorlari hamda "Ezgu maqsad sari" homiylik guruhi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi.

Viloyat hokimi tomonidan 42 nafar xatna to‘yi o‘tayotgan bolajonlarga 1 million so‘mdan, tadbirda ishtirok etayotgan ehtiyojmand oilalarning 127 nafar farzandlariga esa 500 ming so‘mdan pul mablag‘lari berildi. Homiylar tomonidan bolajonlarga velosipedlar va kitoblar sovg‘a qilindi.

Mavzuga oid