O‘zbekiston | 11:17 / 16.03.2021
8155
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaroning uyidan ikki qop kannabis topildi

2021 yilning 6 mart kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” profilaktik tadbiri davomida, Toshkent viloyati Chinoz tumani “Kanalobod” MFYda yashovchi 48 yoshli Alisher U.ning yashash xonadoni hovlisida joylashgan tovuqxonada 2ta qopga solingan ko‘k rangli o‘tkir hidli o‘simlik saqlab kelinayotganligi aniqlangan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ushbu o‘simlik xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida bu modda kannabis ekani, og‘irligi 3012 grammni tashkil qilishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Alisher U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, bu turdagi jinoyatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Mavzuga oid