O‘zbekiston | 08:11 / 17.03.2021
12681
3 daqiqa o‘qiladi
Klasterlar sohasidagi tizimli muammolar aytildi. Ulardan biri - fermerlarning majburiy tartibda biriktirilishi
Vazirlar Mahkamasining “Agrosanoat klasterlari maqomi va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 345ta agrosanoat klasterlari mavjud bo‘lib, ularga jami 1 mln 201 ming gektar yer maydonlari biriktirib berilgan.
Ma'lum qilinishicha:
- paxta-to‘qimachilik klasterlari - 97ta, biriktirilgan yer maydoni 927 068 gektar;
- g‘allachilik klasterlari 77ta, biriktirilgan yer maydoni 142 800 gektar;
- meva-sabzavotchilik klasterlari 147ta, biriktirilgan yer maydoni 122 394 gektar;
- sholichilik klasterlari 16ta, biriktirilgan yer maydoni 8 060 gektar;
- boshqa klasterlari 8ta, biriktirilgan yer maydoni 1 150 gektar.
Ta'kidlanishicha, amalda faoliyat yuritayotgan klasterlar tahlili sohada quyidagi tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatgan:
- sohani tartibga soluvchi yagona normativ-huquqiy hujjat mavjud emas;
- klasterlar huquqiy maqomi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilmagan;
- klasterlar tashkil etish, ularni tanlab olish mezonlari, shuningdek, ularga yerlarni ajratishning yagona va shaffof mexanizmlari mavjud emas;
- fermerlarning klasterlarga majburiy tartibda biriktirilishi natijasida noteng shartnomaviy munosabatlar shakllangan, fermerlarda o‘z mahsulotlarini sotishda xaridorni tanlash imkoniyati mavjud emas;
- klasterlar yerlarini olib qo‘yish va faoliyatini tugatish, fermerlar bilan tuzgan shartnomalarini bekor qilish qonunchilikka zid ma'muriy usullar orqali hal etilmoqda;
- klasterlar majburiyatlari bajarilishi va investitsiya loyihalari amalga oshirilishini monitoring qilish mexanizmi mavjud emas;
- investitsion majburiyatlar bajarilmasligi orqali yerlari olib qo‘yilishi natijasida yerga amalda kiritilgan investitsiyani qaytarishda yuzaga keladigan muammolar yechimi mavjud emas;
- klaster maqomini olganlik uchun tadbirkorlarni rag‘batlantirish mexanizmlari mavjud emas, masalan, soliq imtiyozlari yoki davlat budjeti mablag‘lari hisobidan muhandislik-kommunikatsiya obektlarini o‘rnatish yoxud yerlarni ajratish;
- amaldagi qonunchilikda mavjud klasterlar uchun yagona soliq imtiyozlari mavjud emas.
Qaror loyihasida agrosanoat klasterlari maqomi va ular faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
18:22 / 24.10.2024
«O‘zagroinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi
16:26 / 16.10.2024
Xorazmda yana reyderlik. Sholikorlar hosilini tortib olish ommaviy tus olganmi?
14:30 / 02.10.2024
Agrosanoat sohasida yangi bozor mexanizmlari joriy etiladi
19:46 / 30.09.2024