O‘zbekiston | 14:46 / 18.03.2021
9452
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda odamlarning chorva mollarini o‘zlashtirgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: KUN.UZ

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida odamlarning ishonchiga kirib chorva mollarini o‘zlashtirib yuborgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma'lum qilmoqda.

Muzrabot tumani ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasining xabariga ko‘ra,  2021 yilning 12 mart kuni tumanning Guliston mahallasida yashovchi, X.F. va S.J. hamda Alpomish mahallasida yashovchi, J.X.lar, 2020 yilning dekabr oyidan 2021 yilning fevral oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida viloyatning bir qator hududlarida odamlarning ishonchiga kirib, ularning chorva mollarini o‘zlashtirib ketgan.

Jumladan, Angor tumani Oxunboboyev mahallasida yashovchi, I.Q., Muzrabot tumani Yangidiyor mahallasida yashovchi, J.A. va boshqalarning jami 102 million so‘mlik chorva mollarini savdolashib, pullarni 1 oyda berishni va'da qilib, olib ketgan. Ammo aytilgan vaqtdan o‘tib ketsa-da, pullarni egalariga yetkazmagan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan 2021 yil 12 mart kuni X.F., S.J. va J.X.larga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid