Toshkent xalqaro kinofestivali qachon o‘tkazilishi ma'lum bo‘ldi
Joriy yilning 19 mart kuni “O‘zbekkino” milliy agentligida Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash, O‘zbekiston kinematografiya akademiyasini tashkil etish, “Kinochilar uyi”ni barpo etish kabi masalalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbekkino” axborot xizmati xabariga ko‘ra, prezidentning “Ipak yo‘li durdonasi XIII Toshkent xalqaro kinofestivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi haqida ma'lumot berildi. Unga ko‘ra, festival joriy yilning sentabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston kinematografiya akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotdan so‘ng kun tartibidan o‘rin olgan masalalar batafsil ko‘rib chiqilib, muhokama qilindi, deyiladi ma'lumotda.
Avvalroq, Toshkent xalqaro kinofestivali faoliyati tiklanishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024