Iqtisodiyot | 17:06 / 23.03.2021
5428
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat aksiyalarini sotish monopoliyasiga chek qo‘yildi

Davlat aktivlarini sotishda shaffoflik va ochiqlikni ta'minlash bo‘yicha muhim qadam tashlandi.

Foto: Shutterstock

Bir necha o‘n yillar davomida davlat aksiya paketlari «Toshkent» respublika fond birjasiga faqatgina bitta broker – «Mulk-sarmoya brokerlik uyi» aksiyadorlik jamiyati orqali savdolarga chiqarilgan. Bu esa, o‘z navbatida, respublika fond bozorida faoliyat yuritayotgan boshqa professional investitsiya vositachilari uchun teng raqobat muhiti yaratilishiga salbiy ta'sir qilib kelgan.

Endilikda ushbu amaliyotga chek qo‘yilmoqda. Davlat aksiya paketlarini birja savdolariga chiqarish va sotish jarayonida professional investitsiya vositachilari (brokerlar)ni jalb etish yuzasidan tanlov o‘tkaziladi. Unda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan jami 44ta professional investitsiya vositachining barchasi hech qanday to‘siqsiz ishtirok etishi mumkin. Bu amaliyot davlat aktivlarining ochiq va shaffof tarzda xususiylashtirilishini ta'minlashga xizmat qiladi.

Tanlov bo‘yicha g‘oliblarni aniqlashda, birinchi navbatda, ishtirokchilarning fond bozoridagi tajribasi, moliyaviy holati, vositachilik xizmati narxlari, amalga oshiradigan targ‘ibot ishlari va boshqalar hisobga olinadi.

Mavzuga oid