Namanganda ayrim mahbuslar muddatidan oldin jazodan shartli ozod qilindi
Namangan viloyat sudlari tomonidan turli xil sabablar bilan to‘g‘ri yo‘ldan adashgan, jinoiy qilmishlarga qo‘l urgan bo‘lsa-da, xatosini tushunib, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan mahbuslarga yengillik berilmoqda.
Namangan viloyat jinoyat sudlari tomonidan Jinoyat kodeksining 73-moddalari talablari asosida jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yuzasidan Ichki ishlar organlari Probatsiya guruhlari tomonidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.
Shu yilning 23 mart kuni Chust tuman IIO probatsiya guruhi taqdimnomasiga asosan jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudida 9 nafar mahkum muddatidan oldin shartli ozod qilindi, bir nafari esa o‘ziga to‘g‘ri xulosa qilmaganligi uchun jazo muddati uzaytirildi.
Shu kuni Kosonsoy tuman IIO probatsiya guruhi taqdimnomasiga ko‘ra jinoyat ishlari bo‘yicha Kosonsoy tuman sudida 3 nafar fuqaro muddatidan oldin shartli ozod kilindi, bir nafari jazodan o‘ziga to‘g‘ri xulosa qilmaganligi uchun 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.
Mavzuga oid
07:34 / 23.12.2024
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
18:03 / 12.12.2024
Bayden 39 kishini afv etib, 1500 mahbusning jazosini yengillashtirdi
21:34 / 27.11.2024
Xitoy va AQSh «uchga uch» formulasi bo‘yicha mahbuslar almashdi
19:05 / 26.11.2024