O‘zbekiston | 00:50 / 24.03.2021
59969
2 daqiqa o‘qiladi

Pasport nusxasi, 3x4 surat va boshqalar: davlat organlari endi so‘ramaydigan 18 ta hujjat (ro‘yxat)

Prezident farmoniga asosan, davlat organlari tomonidan 18 turdagi ma'lumot va hujjatlarning aholi va tadbirkorlardan talab etilishi bekor qilindi.

Foto: KUN.UZ

450 dan ortiq qonun hujjatida belgilangan ushbu 18 turdagi hujjatlarni vakolatli davlat organlari «Elektron hukumat» platformasi orqali oladigan bo‘ldi.

Ushbu hujjatlarlar quyidagilar:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
  • shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
  • kadastr hujjatlari va ularning nusxalari;
  • mehnat daftarchalari va ularning nusxalari;
  • tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining ma'lumotnomalari;
  • ish haqi va ish stajini tasdiqlovchi arxiv ma'lumotlari;*
  • oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma'lumotnomalari.*

* Fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda so‘rash bundan mustasno.

Quyidagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar:

  • ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turish-turmasligi;
  • narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turish-turmasligi;
  • sudlanganlik;
  • manzil-ma'lumot axboroti;
  • fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy bor-yo‘qligi;
  • turar joyning maydoni;
  • soliq qarzi bor-yo‘qligi;
  • soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilgani;
  • pensiya va nafaqa miqdori;
  • pensiya yoki nafaqa oluvchilar ro‘yxatida bor-yo‘qligi;
  • nikoh qayd etilgani, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralgani.

Prezident farmoni bilan joriy etilgan yangilik orqali aholining idorama-idora sarson bo‘lib yurishining oldi olinadi.

Ushbu farmonga doir boshqa yangiliklar:

Mavzuga oid