Jamiyat | 14:52 / 25.03.2021
3736
1 daqiqa o‘qiladi

Chortoqdagi qishloq vrachlik punktida mushtlashuv yuz berdi. Ikki bemorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

2021 yilning 23 mart kuni soat 11:00larda Namangan viloyati Chortoq tumani “Saroy” MFY. hududida joylashgan qishloq vrachlik punkti binosiga 33 yoshli Murod Yu. va 35 yoshli Shavkat Yu. kelib, ma'muriyatga ushbu binoni bo‘shatib berishni, ular zamonaviy klinika qurmoqchi ekanliklarini bildirganlar.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shu vaqtda u yerda davolanayotgan 37 yoshli Fayzullo T. va 31 yoshli Anvar M. ularni turli so‘zlar bilan haqorat qilib, tanasining turli joylariga urib, jarohat yetkazganlar.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida Murod Yu. hamda Shavkat Yu.da yengil turdagi tan jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Fayzullo T. va Anvar M.ga nisbatan Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov davom etmoqda. Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, bu turdagi jinoyatlar uchun 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Mavzuga oid