O‘zbekiston va Rossiya bola huquqlarini ta'minlash yuzasidan memorandum imzolashi kutilmoqda
Bugun, 26 mart kuni Taraqqiyot strategiyasi markazida qurolli mojarolar hududlaridan bolalar va ayollarni o‘z vataniga qaytarish va ularning jamiyatga samarali reintegratsiyasi borasidagi xalqaro hamkorlik yuzasidan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasi Bola huquqlari bo‘yicha vakillari (ombudsmanlari) hamda YuNISEF hamkorligida onlayn konferensiya o‘tkazildi.
Ombudsman kotibiyatining bola huquqlarini ta'minlash sektori mudiri Sattor Rahmatovning aytishicha, bola huquqlarini ta'minlash yuzasidan xalqaro konvensiyalar har bir davlat uchun bir xil ahamiyatga ega va hamma eng zaif qatlam bo‘lgan bolalarni ko‘proq himoyalashga harakat qiladi. O‘zbekiston ham bu borada xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga urinmoqda.
«Biz hozir xalqaro hamkorlik doirasida bola huquqlari va erkinliklarini ta'minlash yuzasidan bir qator ishlar olib boryapmiz. Bizga Rossiya va Markaziy Osiyoda bola huquqlariga doir masalalar yuzasidan murojaatlar tushyapti.
Masalan, buxorolik fuqaromiz Rossiyaga ishlash uchun ketgan va o‘sha yerda rossiyalik ayolga uylangan. Oila farzandli bo‘lgach, ularning qonuniy nikohi buzilgan. Ularning farzandini yigitning buvisi ishonchnoma asosida Buxoroga olib ketib qolgan. Pandemiya vaqtida bola O‘zbekistonda qolib ketgan, ishonchnoma muddati esa o‘tib ketgan. Bola o‘zining qonuniy vakiliga qaytarilmagan. Bizga bu masala yuzasidan Sverdlovsk viloyati ombudsmani murojaat qildi. Vaziyatni tezlik bilan o‘rganib, bolani qonuniy vakiliga qaytarishga erishdik. Shu kabi muammolarda hamkorlik kerak, bu tezroq ishlashni, bolaning buzilgan huquqlarini tezroq ta'minlash imkonini beradi.
Rahmatovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Rossiya bilan bola huquqlarini ta'minlash yuzasidan imzolanadigan memorandum loyihasi va shartlari ko‘rib chiqilmoqda.
“Asosiy shartlar - bolaning migratsiya jarayonida huquqlari buzilmasligi, shuningdek, qurolli mojaroli hududlardan qaytarilayotgan bolalarning huquqlarini ta'minlash kabi masalalar. Masalan, bizdagi «Mehr» operatsiyalari davomida Rossiya fuqarosi bo‘lgan bola ham olib kelingan. U bolaning hujjatlari topilgan va onasi aniqlangan, hozir faqat qonuniy vakiliga qaytarib berish masalasi qolgan. Shu kabi holatlarda bola huquqlari bo‘yicha vakillar bir-biriga ko‘mak berishi muhim hisoblanadi”, – deya Sattor Rahmatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
17:38
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13 / 24.12.2024