Jahon | 17:15 / 27.03.2021
5901
2 daqiqa o‘qiladi

JSST koronavirusga qarshi emlanganlarga ham niqob taqishni tavsiya qildi

Avvalroq britaniyalik olimlar koronavirusning janubiy afrikacha shtammi vaksina samaradorligini 30 foizga pasaytirishi mumkinligini ma'lum qilgandi.

Foto: Reuters

JSST koronavirusga qarshi mavjud vaksinalarning COVID-19’ning kelgusida paydo bo‘ladigan turlariga nisbatan samaradorligi borasida ma'lumotga ega emas, shu bois emlanganlarni himoyalanish choralariga rioya qilishga chaqiradi, dedi tashkilotning Immunizatsiya va vaksinalar bo‘yicha departamenti direktori Keyt O'Brayyen.

Bizda vaksinalar mavjud har bir tur hamda kelgusida paydo bo‘ladigan turlardan qay darajada himoya qilishi borasida isbotlar yo‘q», — dedi JSST vakili.

Avvalroq britaniyalik olimlar koronavirusning janubiy afrikacha shtammi vaksina samaradorligini 30 foizga pasaytirishi mumkinligini ma'lum qilgandi.

Tekshiruvlar mazkur shtamm emlangan yoki ilgari kasallikka chalinib tuzalgan insonlardagi antitanalar samaradorligini 10 baravargacha pasaytirishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Ma'lum qilinishicha, koronavirusning janubiy afrikacha turi kasallikning dastlabki turiga nisbatan 60 foizga yuqumli.

22 mart kuni Belgiyada koronavirusning B.1.214 deb nomlangan yangi turi aniqlangandi. Qayd etilishicha, aholining 4 foizi ushbu shtammni yuqtirgan.

18 mart kuni Hindistonda koronavirusning britancha, brazilcha va janubiy afrikacha shtammlari aniqlangan.

Mavzuga oid