Armaniston prezidenti mamlakatda “ko‘pqirrali inqiroz” boshlanganini aytdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda iqtisodiy, ma'naviy-ruhiy, ijtimoiy inqirozlar yuz bermoqda.
Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan mamlakat ko‘pqirrali inqiroz ostida qolganini aytdi.
"Mamlakat iqtisodiyoti chuqur inqirozda. Inqirozni bartaraf etish uchun davlat apparati, davlat samarali ishlashi kerak, bugun bu amalga oshmayapti. Lekin bu yagona inqiroz emas. Biz ko‘pqirrali inqirozdamiz. U urushdan keyingi vaziyat, Tog‘li Qorabog‘ning katta qismi boy berilishi, minglab yoshlarning qurbon bo‘lishi bilan bog‘liq", - dedi Sarkisyan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi sababli sog‘liqni saqlash tizimida ham inqiroz yuz bermoqda.
"Armanistonga pandemiyaning birinchi to‘lqini kabi xavfli ikkinchi to‘lqini kelmoqda. Hushyor bo‘lish lozim, chunki koronavirusdan vafot etganlar soni Qorabog‘dagi urushda halok bo‘lganlar soni bilan deyarli teng. Bu raqam o‘sishda davom etmoqda", - dedi Armaniston prezidenti.
U ijtimoiy sohada ham inqiroz kuzatilayotganini aytdi.
"Shuningdek, ma'naviy-ruhiy inqiroz ham bor. Bugun minglab odamlar qanday qilib chipta sotib olish, Rossiyaga ketish yoki Amerika vizasini olish haqida o‘ylamoqda. Mamlakatni tark etish inqirozli miqyosga yetishi mumkin", - dedi Sarkisyan.
Mavzuga oid
09:23 / 05.12.2024
Pashinyan: Armaniston KXShT bilan munosabatlarda hal qiluvchi nuqtadan o‘tdi
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
10:10 / 09.10.2024