Jahon | 15:46 / 30.03.2021
11243
1 daqiqa o‘qiladi

Tanzaniya prezidentining ta'ziya marosimida 45 kishi halok bo‘ldi

Politsiyaning ma'lumot berishicha, odamlar Dorus Salom shahridagi marosim o‘tayotgan stadionga belgilangan kirish yo‘lini aylanib o‘tib kirishga urinish oqibatida halok bo‘lgan.

Foto: Scanpix/AFP

Tanzaniyada marhum prezident Jon Magufulining ta'ziya marosimida yuz bergan tiqilinch oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, yana 35 kishi turli darajada jarohatlangan.

Politsiyaning ma'lumot berishicha, odamlar Dorus Salom shahridagi marosim o‘tayotgan stadionga belgilangan kirish yo‘lini aylanib o‘tib kirishga urinish oqibatida halok bo‘lgan.

Magufuli 26 mart kuni Tanzaniya shimoli-g‘arbidagi Chato shahrida dafn etildi.

Mamlakatda vafot etgan prezident bilan xayrlashuv marosimi olti kun davom etadi.

Jon Magufuli 17 mart kuni 61 yoshida vafot etdi. Rasmiy xabarlarda uning yurak xuruji oqibatida vafot etganligi aytildi, ammo muxolifatchilar Magufuli koronavirus natijasida vafot etganligini ta'kidlamoqda.

Qayd etilishicha, Jon Magufuli Tanzaniyada koronavirus yo‘q deb hisoblagan va mamlakat aholisi uchun vaksina sotib olishni rad etgan.

Mavzuga oid