O‘zbekistonda maktab o‘quvchisini zo‘rlagan shaxs 20 yildan so‘ng topildi
O‘zbekistonda maktab o‘quvchisini zo‘rlagan jinoyatchi 20 yildan so‘ng topildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 23 fevral kuni Jizzax viloyati Paxtakor tumani Chamanzor qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi Sh.E.ning turar joyida o‘g‘rilik yuz bergan. Soat 19:00dan 21:00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida uyda hech kim yo‘qligi, xonadon derazasi ochiqligidan foydalangan o‘g‘ri yotoqxonadagi seyfning qulfini buzib, 8 million so‘m pulni olib ketgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyat jabrlanuvchining mahalladoshi M.B. tomonidan sodir qilingani aniqlandi. Undan 351 ming so‘m hujjatlashtirib olingan.
Tergovga qadar surishtiruv davomida ayblanuvchining yana bir jinoyati fosh qilingani aytiladi.
Qayd etilishicha, u 2001 yilning 1 oktyabrida hududdagi turar joylardan birining yotoqxonasiga kirib, pichoq bilan qo‘rqitish yo‘li bilan maktab o‘quvchisini zo‘rlagan. So‘ngra birovga aytsa, o‘ldirish bilan tahdid qilgan.
Ushbu shaxs jinoyatini yashirish maqsadida qizning kiyim-kechagini o‘z yashash joyidagi hojatxonaga tashlab yuborgan.
Mazkur holat bo‘yicha ham jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
11:34
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
11:34 / 09.12.2024
“Ozodlikning qadrini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi” - afv etilganlar hikoyasi
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
11:12 / 29.10.2024