O‘zbekiston | 11:40 / 06.04.2021
5957
2 daqiqa o‘qiladi

Aziz Voitov: O‘zbekistonda «investitsion oazis» yaratildi

Foto: Aziz Voitov

O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri birinchi o‘rinbosari Aziz Voitovning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston hududida «investitsion oazis» yaratildi.

«O‘zbekiston hududida biz 22ta erkin iqtisodiy zona va 328ta sanoat zonasidan iborat investitsion oazisni yaratdik, ularda qulay ishbilarmonlik muhiti, keng huquqiy kafolatlar tizimi va zarur infratuzilma mavjud», dedi u «Innoprom» ko‘rgazmasida. 

Voitovning ta'kidlashicha, hukumat sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish jarayonini davom ettirish, yuqori texnologiyali tarmoqlarni jadal rivojlantirish va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish niyatida. 

«Shu munosabat bilan, O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish va boshqarish transformatsiyasi amalga oshirilmoqda. Yangi islohotlar bosqichiga o‘tish iqtisodiyotni liberallashtirish tamoyillariga asoslangan holda, bozorning yangi mexanizmlarini keng joriy etish, shuningdek davlat rolini qisqartirish va xususiy sektorning iqtisodiyotdagi ishtirokini kengaytirish orqali ro‘y bermoqda», deya qo‘shimcha qildi Voitov.

Avvalroq, O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov vaksinatsiyaga qaramay, COVID-19 pandemiyasi 2021 yilda tugamasligini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid